Vengriyaning Lakitelek shahrida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyga bag‘ishlab o‘rnatilgan byustning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu O‘zbekistonga bag‘ishlab Vengriyada ochilgan birinchi madaniy yodgorlik hisoblanadi.
Byust Byust O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan vengriyalik haykaltarosh Dyordji Lantos tomonidan yaratildi. Marosimda ikki davlat tomonidan siyosat, madaniyat va san'at sohasi vakillari ishtirok etishdi.
“Navoiy byustining yurtimizda qad ko‘tarishi Bosh vazirimiz V.Orban va O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘rtasidagi yaqin do‘stlik va birodarlik aloqalarining natijasidir. Yurtingiz bilan strategik sherikchilikning barcha sohalarda taraqqiy ettirishdan manfaatdormiz”
– deb ta’kidladi Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi davlat kotibi P.Staray.
Ochilish tantanasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilyos Arabov boshchiligidagi jamoa milliy raqslar va Alisher Navoiy g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar bilan ishtirokchilarni xushnud etdi.
📍Hozirgi kunda Tokio, Seul, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Ostona, Boku, Ashxobod, Dushanbe, O‘sh, Ankara kabi shaharlarda Navoiyning byustlari o‘rnatilgan, endilikda ular qatoriga Lakitelek shahri ham qo‘shildi.
#AlisherNavoiy #Madaniyat #Vengriya #Lakitelek