Vengriyada "O'zbek kinosi kunlari" o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Mashhur "Uraniya" kinoteatrida bo'lib o'tgan tadbirning tantanali ochilish marosimi festivalning asosiy voqeasiga aylandi. Tadbirda O'zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Shuhrat Rizayev va Vengriya Milliy kino instituti rahbari Chaba Kael so'zga chiqdi.
Tashrif doirasida O'zbekiston delegatsiyasi Vengriyaning Fota shahridagi "Origo Film Studio" va "NFI Studio" yirik kinostudiyalarida bo'lib, kino ishlab chiqarishning ilg'or texnologiyalari, post-prodyuserlik imkoniyatlari hamda suratga olish jarayonini tashkil etish bilan bog'liq ijodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.