Zamonaviy sirkning otasi — Filipp Astli

Bugungi kunda biz bilgan shakldagi zamonaviy sirk — ya’ni doira shaklidagi arena, ot ustidagi chiqishlar, akrobatlar va klounlar ishtirokidagi tomosha — XVIII asrda paydo bo‘lgan.

Uning asoschisi sifatida ingliz Filipp Astli tan olinadi.

Ilgari otliq qo‘shin ofitseri bo‘lgan Astli 1768-yilda Londonda ochiq osmon ostida ilk bor sirk tomoshasini namoyish etgan. Ushbu chiqishlarda u o‘zi ot ustida turli mashqlarni bajarib bergan. 

Shu jarayonda Astli tajriba tariqasida aniqlagan fakt: 

ot chopganda qulay va barqaror harakatlanishi uchun eng maqbul aylana diametri 13 metrni tashkil etadi.


Bu o‘lcham ideal muvozanatni ta’minlaydi: ot silliq harakatlanar, artist esa markazdan qochuvchi kuch hisobiga muvozanatni saqlagan holda murakkab chiqishlarni bemalol bajara olardi.

Shundan buyon 13 metrlik arena sirk san’ati uchun dunyo miqyosidagi standartga aylangan. Astlining yondashuvi tufayli sirk o‘zining ajralmas belgilariga ega bo‘ldi: doira shaklidagi arena, harakat, ritm va tomosha — bu esa keyingi barcha sirklarga asos solgan: ko‘chma sirklaridan tortib doimiy ishlaydiganlargacha, klassiklaridan to avangardigacha.

 
Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish