Majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, quyi palata aʼzolari Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod ko‘rsatish uchun deputatlar orasidan Siyosiy partiyalar vakillari kengashini tuzdilar.
Siyosiy partiyalar vakillari kengashining taklifiga binoan, deputatlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan XDP deputati Nurdinjon Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga saylandi.
Deputat Mavluda Xodjayeva Spikerning birinchi o‘rinbosari hamda deputat Rahimjon Hakimov Spiker o‘rinbosari etib saylandi.