O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Kuvayt Davlatiga ilk rasmiy tashrifi muvaffaqiyatli yakunlandi.

18.02.2025 17:00
33

Prezident Mirziyoyev Al-Kuvayt shahrida Kuvayt Amirining Amir Shayx Mish’al as-Saboh va Valiahd Shayx Saboh as-Saboh bilan tarixiy muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlar davomida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi muhokama qilindi.

Shuningdek, Prezident biznes hamjamiyati vakillari va moliyaviy institutlar rahbarlari bilan ham samarali uchrashuvlar o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvlar natijasida iqtisodiyot, energetika va investitsiyalar sohasida 4,9 milliard dollarlik kelishuvlar imzolandi.

Sammit doirasida "As-Salom" saroy-muzeyida bo‘lib, Kuvayt xalqi madaniyati va tarixini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar bilan tanishdi. Bu tashrif davlatlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tashrif yakunida Al-Kuvayt xalqaro aeroportida Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa yuqori martabali shaxslar tomonidan kuzatildi. Prezident Mirziyoyev Toshkent shahriga qaytib keldi. Bu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab beradi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish