1-aprel dunyoning ko‘plab mamlakatlarida "Hazil kuni" yoki "Ahmoqlar kuni" sifatida nishonlanadi. Bu kunda odamlar bir-birlariga hazil qilib, kulgi va quvonch ulashadilar.
Garchi bu bayramning kelib chiqishi aniq ma'lum bo‘lmasa-da, turli taxminlar mavjud.
Ba'zi tarixchilarning fikricha, bu odat Fransiyada boshlangan. U yerda eski yangi yil bayrami 25-martdan 1-aprelgacha nishonlangan va odamlarning sovg‘a almashishi bilan yakunlangan. 1560-yillarning o‘rtalarida Qirol Karl IX yangi yilni 1-yanvarga ko‘chirgan. Yangi yilni shundan keyin ham aprelda nishonlaganlar "aprel baliqlari" deb atalgan va ularga hazil bilan masxaralab sovg‘alar yuborilgan.
Boshqa bir taxminga ko‘ra, bu bayram qadimgi Rimdagi bahor festivali Hilariaga borib taqaladi. Bu bayram Attis xudosining qayta tirilishini nishonlagan.
Turli mamlakatlarda bu kun o‘ziga xos tarzda nishonlanadi. Masalan, Fransiyada odamlar bir-birining orqasiga qog‘ozdan yasalgan baliq shaklini yashirincha yopishtirishadi. Portugaliyada esa odamlar bir-biriga un sepishadi.
Shuni yodda tutish kerakki, hazil qilish chog‘ida insonlar bir-birining hissiyotlariga hurmat bilan yondashishlari, nojo‘ya yoki og‘riqli hazillardan tiyilishlari muhimdir.
#Bugungi_kun_tarixda