14-oktabr kuni Toshkent viloyatida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida katta investitsion loyihalarning ishga tushirilishi va yangi qurilishlarning boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
🔹 Olmaliqda 1 milliard dollar sarmoya bilan “Buyuk ipak yo‘li” texnoparki barpo etiladi. Bu yerda 100 ta korxona tashkil etilib, 3 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.
🔹 Yuqori Chirchiqda 350 million dollar evaziga to‘qimachilik sanoat parki qurilishi boshlandi. Bu parkda 20 dan ortiq korxona ish olib boradi.
🔹 Yangiyo‘lda yiliga 50 ming tonna mineral o‘g‘it ishlab chiqaruvchi zavod, Qibrayda eksportga mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlovchi korxonalar ishga tushirilmoqda.
⚡️ Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda Bo‘ka tumanida quyosh elektr stansiyasi, Parkent va Piskentda esa energiya saqlash tizimlari quriladi.
Bu loyihalar doirasida viloyatda yiliga 24 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 2 milliard dollar bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda!