2025-yil 1-iyuldan pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakli rasman tan olinadi.
1-iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning my.gov.uz dagi elektron shakli rasman tan olinadi. Endi qog‘oz nusxalar talab qilinmaydi, elektron shakllar to‘liq yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Elektron shakli tan olinadigan hujjatlar ro‘yxati:
✅Biometrik pasport, ID-karta;
✅Haydovchilik guvohnomasi;
✅Tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
✅Nikoh qaydi va ajralish haqidagi guvohnoma;
✅Transport vositasining texnik pasporti;
✅Pensiya va nogironlik haqida ma’lumotnomalar;
✅Diplomlar va talabalik guvohnomasi.