Aleksandr Trach O‘zbekistonning Janubiy qutbga yetib borgan ilk fuqarosi sifatida tan olindi — bu ma’lumot ekspeditsiya tashkilotchilari tomonidan tasdiqlandi.
Ekspeditsiya 2025-yilning 4-yanvaridan 12-yanvarigacha davom etdi. Jamoa 10-yanvar kuni Janubiy qutbga erishdi. Janubiy qutbni zabt etish Aleksandrga O‘zbekistonning ikkala qutbga yetib borgan birinchi fuqarosi bo‘lish imkonini berdi.
📍 2021-yilda u Shimoliy qutbga yetib borgan O‘zbekistonning birinchi fuqarosi bo‘lgan edi.
Farg‘onalik sayyoh Aleksandr Trach hozirgi kunga kelib BMTning 66 ta davlatiga va BMT a’zosi bo‘lmagan mamlakatlar bilan birga jami 80 dan ortiq mamlakatga tashrif buyurgan.