“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi

O‘zbekiston bo‘ylab 2025-yil 21–27-aprel kunlari “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda. Bu haftalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, unda 2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturining ijrosi ko‘zda tutilgan.

“Kitobxonlik haftaligi”ning asosiy maqsadi – yoshlar va keng jamoatchilik orasida kitob o‘qish madaniyatini targ‘ib qilish, intellektual salohiyatni oshirish va oilaviy kitobxonlik an’analarini mustahkamlashdir. Bu orqali inson kapitalini rivojlantirish va jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy muhitni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

Haftalik doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazilmoqda:​

- “Ochiq eshiklar kuni” va yangi kitoblar ko‘rgazmalari;​

- “Bir haftada bir kitob”, “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” kabi aksiyalar;

- “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Eng yaxshi kitobxon ustoz”, “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovlari;

- Teatrlashtirilgan musiqiy chiqishlar, milliy raqslar va kuylar ijrosi.

“Kitobxonlik haftaligi” respublikaning barcha hududlarida faol tarzda o‘tkazilmoqda. Masalan, Urgut tumanida “Qiziqarli kutubxonada” nomli ekskursiyalar tashkil etildi. Shuningdek, Nurobod tumanida ham haftalik doirasida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish