Assambleya doirasida BAA, Mo‘g‘uliston va Belgiya parlamentlari palatalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

O‘zbekiston poytaxtida yubiley Parlamentlararo ittifoq assambleyasi davom etmoqda

O‘zbekiston Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Birlashgan Arab Amirliklari Federal Milliy kengashining Mudofaa, ichki va tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Ali Rashid Al Nuaymiy o‘rtasidagi uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar 2025-yil yanvar oyida imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim va kelgusida amalga oshiriladigan qadamlarni ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, Mo‘g‘uliston Buyuk Davlat Xurali Raisining o‘rinbosari Xurelbaatar Bulgantuya bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Ikki mamlakat parlament rahbarlarining o‘zaro tashriflari va xalqaro parlament forumlarida ishtirok etish masalalari ham muhokama qilindi.

Belgiya Qirolligi Senati Raisi Vinsent Blondel bilan suhbatda esa, parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Uchrashuvda “O‘zbekiston-Belgiya” do‘stlik guruhi yig‘ilishini tashkil etish masalalari ham ko‘tarildi.

Ushbu uchrashuvlar ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish va parlamentlararo tashkilotlar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligini taʼkidlaydi.


 #BAA #Belgiya #ParlamentlararoIttifoq #Hamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish