Qatar Bibi-Xonim masjidini restavratsiya qilishda yordam beradi

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan uchrashib, Samarqand shahridagi Bibixonim masjidini restavratsiya etish loyihasini muhokama qildi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda «Og‘a Xon Trast» madaniyat jamg‘armasi va Qatar taraqqiyot jamg‘armasi bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi. 


Hozircha loyihaning moliyalashtirish tafsilotlari oshkor etilmagan. Hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv ikki davlatning tegishli idoralari o‘rtasidagi muzokaralar natijasida imzolangan. Kelishuv nafaqat moliyaviy yordam, balki restavratsiya va tarixiy yodgorliklarni saqlash borasida tajriba almashishni ham nazarda tutadi.


Qatar ko‘magida olib borilayotgan restavratsiya ishlari masjidning asl qiyofasini tiklashga va uni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolishga yordam beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish