Samarqandda YUNESKO vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi!

YUNESKO Butunjahon merosi markazi direktori Lazar Elundu Assomo boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida Samarqand shahrida madaniy meros obyektlarini saqlash va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, Samarqand shahri hokimi Fazliddin Umarov va O‘zbekistonning YUNESKOdagi Doimiy vakili Kamol Muxtarov ishtirok etdilar.


Uchrashuvda madaniy meros sohasining yetakchi mutaxassislari, jumladan, Madaniy meros agentligi, "Wilmotte & Associés" me’morchilik kompaniyasi vakillari hamda arxitektura sohasidagi xalqaro va mahalliy ekspertlar qatnashdilar. Tadbir davomida madaniy obidalarni saqlash, barqarorligini ta’minlash va ushbu yo‘nalishda ilg‘or jahon tajribalarini o‘rganishning dolzarbligi ta’kidlandi.


Shuningdek, tadbir chog‘ida Samarqandning noyob madaniy merosini himoya qilish va uning tarixiy markazini yanada go‘zallashtirishga qaratilgan qator diqqatga sazovor loyihalar taqdim etildi. Xususan, "Shohi Zinda" ansambli, Ulug‘bek rasadxonasi va boshqa tarixiy yodgorliklarni obodonlashtirish bo‘yicha yangi konsepsiyalar muhokama qilindi va ularga katta e’tibor qaratildi.


#YUNESKO #Samarqand #acdf

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish