"SandStone Global" dunyo bo'ylab tarixiy joylarni o'rganishga ixtisoslashgan va o'zining yuqori sifatli filmlari bilan tanilgan. Ushbu tashkilotning ishlari National Geographic, BBC, va boshqa nufuzli kanallarda namoyish etilgan. "StandStone Global" tomonidan tarixiy manzillarga doir filmlar Ispaniya, Portugaliya, Vengriya, Turkiya, Polsha, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Ozarbayjon, Gruziya va boshqa mamlakatlarda tasvirga olingan. Ofisi Londonda joylashgan.
Hozirda "SandStone Global"ning ijodiy jamoasi bilan "Treasures of Uzbekistan" – "O'zbekiston xazinalari" mavzusidagi katta loyiha ustida ish olib borilmoqda. Bu loyiha doirasida respublikamizning boy tarixiy va turistik joylari haqida hujjatli filmlar tasvirga olinmoqda.
Uchrashuvda O'zbekistonning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.