Eng ko‘p oltin zaxirasi mavjud davlatlar ichida O‘zbekiston 16-o‘rinni egalladi

2024-yil holatiga koʻra dunyoda eng koʻp oltin zaxirasi mavjud davlatlar roʻyxati tuzib chiqildi.

Unga ko‘ra, 1-oʻrinni AQSh egallagan (8 133 tonna). Undan keyingi 3 oʻrinni esa Germaniya (3 352 tonna), Italiya (2452 tonna) va Fransiya (2437 tonna) band qilgan. Dunyoda eng katta hududlarga ega Rossiya (2 336 tonna) va Xitoy (2 264 tonna) esa 5- va 6- pogʻonada joylashgan.

Shartli ravishda Osiyo qitʼasida Oʻzbekiston (374 tonna) Xitoy, Hindiston (854 tonna) va Yaponiyadan (846 tonna) keyin 4-oʻrinda koʻrsatilgan. Markaziy Osiyoda esa Oʻzbekiston oltin zaxirasi boʻyicha yaqqol peshqadam. Undan keyingi oʻrinda turgan Qozogʻistonning 296 tonna zaxira oltini bor.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish