O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga tashrif buyurdi.

11.10.2024 11:00
46

O‘zbekiston yetakchisi turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan bugungi "Zamon va sivilizatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi – tinchlik va taraqqiyot asosi" xalqaro forumining yalpi majlisida nutq so‘zlaydi.


Shuningdek, Dushanbe shahrida "Tojikiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil" mavzusidagi xalqaro parlament konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.


Unda Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Eron, Belarus, Ozarbayjon va Armaniston parlamentlari rahbarlari ishtirok etmoqda. Konferensiya parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Muloqot davomida milliy va xalqaro konstitutsiyaviy tajribani o‘rganish ham ko‘zda tutilgan.  


Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikning rivojlanayotganini taʼkidladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish