“ToshkentboshplanLITI” korxonasi tomonidan Singapur, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya, Xitoy va Niderlandiya kompaniyalari bilan hamkorlikda Toshkent shahri loyihasi takomillashtirildi.
Shahrimiz hududi 43 ming 822 gektar, aholi soni esa 3 milliondan ziyod. Kelgusida bu miqyos yanada oshib borishi sababli Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi loyihalashtirildi.
Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahri hududi 3 ta zonaga ajratiladi. Konservatsiya zonasida madaniy meros binolari, tarixiy joylar, uylar va yashil hududlar o‘zgarishsiz qoladi. Rekonstruksiya zonasida master-rejalar asosida qo‘shimcha qurilishlar qilish mumkin bo‘ladi. Renovatsiya zonasida eskirgan uy-joy, binolar o‘rnida yangi qurilishlar va ta’mirlash amalga oshiriladi.