«Tashabbusli byudjet»ga ovoz berish boshlandi

Iqtisodiy va moliya vazirligi xabariga ko'ra «Tashabbusli byudjet»ning 2025 yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish jarayonlari 20 mart soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Fuqarolar o‘zlariga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

1. “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
2. Portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3. Telegram`dagi rasmiy bot yordamida ovoz berishi mumkin.


“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumi uchun loyihalar 1−20-fevral kunlari davomida kiritildi. Saralashdan o‘tgan loyihalarga 11−20-mart kunlari ovoz yig‘iladi.

G‘oliblar 21 mart — Navro‘z bayrami kuni eʼlon qilinadi.

#tashabbusli_budjet  #open_budget 

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish