Avval xabar berilganidek, Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi 2025 yil 5-9 aprel kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Assambleyaning umumiy mavzusi "Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakatlari" deb belgilangan boʻlib, unda ijtimoiy adolat, tinchlik va barqaror rivojlanish kabi global masalalar muhokama qilinadi. Ushbu muhim tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan siyosatchilar, qonunchilar va ekspertlar ishtirok etadi. Jumladan, Shveysariya parlamenti aʼzosi Christian Lohr ham Toshkentga tashrif buyuradi.
Christian Lohr Shveysariya parlamenti (Milliy Kengash) aʼzosi boʻlib, "The Centre" (Markaz) partiyasidan saylangan. U Parlamentlararo ittifoq (Inter-Parliamentary Union, IPU) faoliyatida ishtirok etuvchi Shveysariya delegatsiyasining muhim aʼzolaridan biri sifatida tanilgan.
Christian Lohr nogironligiga qaramasdan, O‘zbekistondagi demokratik o‘zgarishlar va parlament faoliyatidagi islohotlarga yuqori qiziqish bildirmoqda. U nafaqat yig‘ilishda qatnashish, balki mamlakatimizda ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi yangiliklarni yaqindan ko‘rish niyatida.