“Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiradi.
Universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
— muhandislik,
— qurilish,
— logistika,
— axborot texnologiyalari va dasturlash,
— sog‘liqni saqlash,
— qishloq xo‘jaligi,
— oziq-ovqat sanoati
— iqtisodiy va ijtimoiy soha
Yangi universitet 2025/2026 o'quv yilidan boshlab o'z ishini boshlaydi.