UNICEF hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar, istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi

20.03.2025 13:03
26

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMT Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va UNICEF hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar, istiqboldagi rejalar hamda bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda mamlakatimizda bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy himoyasi, sog‘lig‘i hamda ta’limiga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, birlamchi tibbiy yordam tizimini rivojlantirish va inklyuziv muhitni yanada takomillashtirishga qaratilgan hamkorlik loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, yoshlar va o‘smirlar sog‘lig‘i, jumladan, ruhiy salomatlik, ijtimoiy himoya tizimi va bu sohalarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va UNICEF o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va bolalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surish borasida kelishuvga erishildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish