17 mart — “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil etilgan kun (2004)

2004-yil 17-martda tashkil etilgan "O‘zbekkino" Milliy agentligi O‘zbekiston kino sanoatini rivojlantirish va milliy kino san'atini qo'llab-quvvatlashda muhim rol o'ynaydi. Agentlikning tashkil etilishi, kino sohasida yangi bosqichni boshlab berdi.

O‘zbekistonda kino san'ati XX asrning boshlarida shakllana boshladi. 1925-yilda "Buxkino" tashkil etilib, "O‘lim minorasi" kabi tarixiy filmlar suratga olindi.

Keyinchalik, "O‘zbekkino" Milliy agentligi tomonidan ko'plab badiiy, hujjatli va animatsion filmlar ishlab chiqarildi. Bu filmlar xalqimizning boy madaniy merosini aks ettirib, yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Hozirgi kunda "O‘zbekkino" Milliy agentligi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda. AQSH, Fransiya, Daniya, Xitoy, Hindiston kabi yirik mamlakatlarning nufuzli kinokompaniyalari bilan hamkorlik memorandumlari va shartnomalari imzolandi. Bu esa o‘zbek kino sanoatining jahon miqyosida tan olinishi va rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish