2025-yilda Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi nishonlanadi

"Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida" Prezident qarori qabul qilindi.


Bu qaror yoshlarimizning maʼnaviy-maʼrifiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bir qator tadbirlarni o‘z ichiga oladi.


Qarorga muvofiq, 2025 yil davomida turli vazirliklar va tashkilotlar ishtirokida quyidagi tadbirlar va loyihalar amalga oshiriladi:

🟢Behbudiyning "Tanlangan asarlar" to‘plami chop etiladi, uning hayoti va ijodi haqida yangi ilmiy-ommabop kitoblar nashrga tayyorlanadi.

🟢Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida yangi spektakllar sahnalashtiriladi va uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan "Xalq yuragi" kabi filmlarning ommaviy namoyishlari tashkil etiladi.

🟢Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zalida Behbudiy va Turkiston jadidchilik harakati namoyandalarining ijodiga bag‘ishlangan tasviriy sanʼat asarlari ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.

🟢2025 yil oktyabrda Samarqand davlat universitetida "Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi va jadidlik harakatini o‘rganishning dolzarb masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan.

🟢Umumtaʼlim muassasalari, ijod maktablari o‘quvchilari va talabalar o‘rtasida "Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari" mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish