1️⃣ 1968-yil 31-yanvarda mustaqil Nauru Respublikasi tashkil topgan.
Nauru, Nauru Respublikasi - Tinch okeanning janubi-g‘arbiy qismidagi Nauru orolida joylashgan davlat. Maydoni 21 km.kv. Rasmiy poytaxti yo‘q. Hukumat qarorgohi Meneng okrugida, hukumat binosi va parlament – Yaren okrugida. Ma’muriy jihatdan 8 okrugga bo‘linadi.
Nauru - Buyuk Britaniya Hamdo‘stligi tarkibidagi respublika. 1968-yilgi konstitutsiya amal qiladi. Davlat va hukumat boshlig‘i – prezident. U parlament a’zolari orasidan 3 yil muddatga saylanadigan va 18 a’zodan iborat parlament, ijroya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi; uning vazirlari parlament a’zolaridan bo‘ladi.
2️⃣ 1971-yil 31-yanvar kuni – Oyga Аmerikaning kosmik kemasi «Apollon-14» uchgan kun
Oyga amerikaning kosmik kemasi «Apollon-14» uchirildi. Kosmik kema ekipaji tarkibida astronavtlar Alen Shepard, Edgar Mitchell va Styuart Rus 5-fevralda esa kosmik kemadan tushirilgan apparat bortda Shepard va Rus bilan Fra Mauro krateri hududida Oy yuziga qo‘ndi.
3️⃣ 31-yanvar – Xalqaro zargarlar kuni.