Homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida “Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Ushbu Qonun mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlari himoyasini kuchaytirish va xalqaro standartlarga muvofiq yangi mexanizmlarni joriy etishga qaratilgan.

Qonun bilan qanday o‘zgarishlar kiritilmoqda?  

🔹 Elektron mehnat shartnomalari: Endilikda mehnat shartnomalarini “Yagona milliy mehnat tizimi” platformasi orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi. 
🔹 Ish haqi saqlanmaydigan ta’til tartibi: 
🔹 Ish haqini hisoblash tizimi: Xodimlarning o‘rtacha ish haqi hisob-kitobi tartibga solindi. 
🔹 Byurokratik to‘siqlarni qisqartirish: Ishga qabul qilishda pasport yoki ID-karta, mehnat daftarchasi haqidagi maʼlumotlarni davlat organlari mustaqil ravishda axborot tizimlari orqali olish imkoniga ega bo‘ladi.  

Xodimlar uchun muhim yangiliklar:  

🔹 Xodimlar kechki yoki sirtqi taʼlim shaklida o‘qishlari mumkin bo‘lgan taʼlim muassasalari turlari aniqlashtirildi.  
🔹 Homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga qatʼiy taqiq joriy qilindi.  

Ushbu qonun qabul qilinishi bilan O‘zbekiston mehnat bozorida yanada shaffoflik va adolatga erishishga muhim qadam qo‘ydi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Mehnat_kodeksi

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish