Kambag‘al oilalar aʼzolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi

“2025 yilda aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-12-son, 17.01.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yilda aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash dasturi hamda uning doirasida maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

2025 yilda Dastur ijrosi doirasida 5,2 million aholini ish bilan band qilish hamda daromadli mehnat bilan taʼminlash maqsadida ayrim tashkilotlar masʼul etib belgilandi.

2025–2026 yillarda Namangan, Toshkent, Xorazm va boshqa viloyatlarda parrandachilik sohasida kooperatsiya tizimida zamonaviy so‘yish korxonalari (kushxonalar) va muzlatkichli omborxonalar, mahsulotlar va chiqindilarni qayta ishlash, naslli jo‘jalar yetishtirish va parranda mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini o‘z ichiga olgan tayyor biznes loyihalari amalga oshiriladi.

2025 yilda kambag‘al oila aʼzolarini jalb etgan holda:

20 ming gektar o‘rmon fondi yerlarida sanoatbop, manzarali va mevali daraxt turlaridan iborat o‘rmonlar barpo etish, ko‘chatxonalar tashkil etish va dorivor o‘simliklar yetishtirish loyihalari amalga oshiriladi;

jami 100 gektar yer uchastkalarida brussonetiya daraxtini yetishtirish bo‘yicha pilot loyihalar amalga oshiriladi.

2025 yil 1 iyuldan “Ekofaol fuqaro” platformasiga o‘zi ekkan daraxti to‘g‘risida maʼlumotlar kiritgan kambag‘al oilalar aʼzolariga o‘rmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish