Oliy Majlis Senatida Jazoirning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 12-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Jazoirning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Irki bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va ilmiy sohadagi yangi tashabbuslar muhokama qilindi. 

Tomonlar Islom madaniy merosi va tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan loyihalarning ahamiyatini alohida ta’kidlashdi. Yakunda ikki tomonlama do‘stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.  

Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali platformasini yaratish uchun do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va belgilangan tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish