Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahriga tashrif buyurdi

28-yanvar kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Tadbirda, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarining ochiq, o‘zaro ishonchga asoslangan muloqoti tufayli ikki tomonlama hamkorlikning barcha sohalarda rivojlanib kelayotgani ta'kidlandi.

Yig‘ilishda parlamentlararo komissiyaning samaradorligini oshirish, shu jumladan yangi “yo‘l xaritasi”ni imzolash taklifi ham muhokama qilindi. Bunda parlamentlararo muloqotni yanada faol davom ettirishga ahd qilindi.

Komissiyaning 5-yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib olindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish