Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida madaniy merosni asrab-avaylash sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi

Uchrashuvda erishilgan bitim doirasida tashkil etilgan Fransiyadagi Milliy meros instituti (INP) o‘qituvchilari va talabalarining O‘zbekistonga tashrifi hamda yaqinda Fransiya madaniyat markazi qoshida Toshkentda Milliy meros instituti filialining ochilishi Oʻzbekistonda restavratsiya xalqaro uslub va tizimni joriy etishda fransuz mutaxassislarini jalb etish imkonini berishi muhokama qilindi, - deb xabar beradi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi.


Uchrashuv davomida O‘zbekiston muzeylari milliy kolleksiyasidan oʻrin olgan san’at asarlarini restavratsiya qilinishida ulardan 50 dan ortigʻini muvaffaqiyatli tiklagan INP markazi mutaxassisi Patrisiya Vergesning ahamiyatga molik ishtiroki alohida ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish