Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari muzokara oʻtkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-dekabr kuni Ashxobodga tashrif buyurib, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

Prezident Mirziyoyev Turkmaniston yetakchisini doimiy betaraflikning 30 yilligi bilan tabrikladi va ertaga oʻtkaziladigan xalqaro forum ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Muzokarada ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish