Poytaxtimizda Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasi o'z ishini boshladi

2025 yil 5 - 9 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan anjumanda Parlamentlararo Ittifoqqa a’zo bo‘lgan dunyoning 190 ga yaqin mamlakatidan parlamentlar vakillari, xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegat ishtirok etmoqda.


Parlamentlararo Ittifoq (PI) — milliy parlamentlarning global tashkiloti bo‘lib, 1889-yilda ingliz parlamentari Uilyam Rendal Kremer va fransuz davlat arbobi Frederik Passi tomonidan asos solingan. Tashkilotning bosh qarorgohi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan. 

Bugungi kunda tashkilot 181 ta milliy parlament a'zolarini va 15 ta assotsiatsiyalashgan a'zolarni o‘z ichiga oladi. Tashkilotning shiori: "Demokratiya uchun. Hamma uchun."

Asosiy mavzu: Ijtimoiy rivojlanish va adolat yo‘lida parlament harakati

Assambleyaning bosh mavzusi "Ijtimoiy rivojlanish va adolat yo‘lida parlament harakati" bo‘lib, ishtirokchilar qashshoqlikni tugatish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy inklyuziyani rivojlantirish va qaror qabul qilish jarayonlarida jamiyatning turli qatlamlari ishtirokini oshirish kabi masalalarni muhokama qiladilar.

Ayollar parlamenti a’zolari forumi: 40 yillik yubiley

Assambleya doirasida Ayol parlament a’zolari forumi o‘zining 40 yilligini nishonlaydi. Bu, ayrim mamlakatlarda ayollar huquqlariga yangi tahdidlar yuzaga kelayotgan va parlamentlarda ayollar ulushi 27,2% darajasida qolayotgan bir paytda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o'tamiz: "Parlamentdagi ayollar" reytingida O‘zbekiston 193 ta mamlakat orasida 36-o‘rinni egallaydi.



Parlamentlararo ittifoq raisi Tuliya Ekson: 
Umumiy hisobda, O'zbekiston parlamentida, ya’ni assambleya va Senatda ayollar soni 37% dan oshadi, bu esa hozirda jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkich — 26% dan ancha yuqori. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonning bu yo‘nalishda katta yutuqlarga erishganini bildiradi. 

PIning 150-Assambleyasi Toshkentda o‘tkazilishi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu tadbir parlamentlararo muloqot va hamkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy rivojlanish va adolatni ta’minlash yo‘lidagi global sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




#IPU150Uzbekistan

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish