Temir yo‘lda yo‘lovchilarga yo‘l davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul beriladi

“Temir yo‘l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

— Temir yo‘l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar ro‘yxati;  

— Temir yo‘l transporti sohasida bozor tamoyillari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati;  

— Temir yo‘l transporti sohasida isteʼmolchilarga bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati.

Bunda isteʼmolchilarga aravacha, ona va bola xonasidan foydalanish, kutish zalida Wi-Fi, nogironlar uchun aravachalar, yo‘l davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul taqdim etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish