O‘zbek xalqining kelib chiqishi va “O‘zbek” atamasining etimologiyasi

O‘zbeklar — boy va xilma-xil madaniy merosga ega millat bo‘lib, uning tarixi asrlarga borib taqaladi. “O‘zbek” nomi faqat etnik guruhni belgilabgina qolmay, balki ushbu millatning shakllanishi bilan bog‘liq murakkab tarixiy va madaniy kontekstni ham o‘z ichiga oladi. Oʻzbeklar nafaqat Oʻzbekiston, balki Oʻrta Osiyodagi eng koʻp sonli xalqdir. 


“O‘zbek” atamasining etimologiyasi


Вugungi kunda “o‘zbek” etnonimi xususida yozilgan ilmiy maqola-yu manbaʼlarda aksariyat bu atamani bepoyon Dashti Qipchoqda istiqomat qilgan turk urug‘larining ayrim qismi o‘zlarini erkin, hech kimga bo‘ysunmagan deb bilganlari sababli “o‘zbek”, yaʼni «o‘ziga bek» deb atagan deb daʼvo qilinsa, yana bir guruh olimlar Oltin O‘rda xoni O‘zbekxon (1283-1341) nomidan kelib chiqqan deb yozishadi.


Ma'lumotlarga ko'ra, kelib chiqishi Dashti Qipchoq dan bo'lgan o‘zbeklarning 92 urug‘i va qabilasi bo‘lib, ular o‘zbek millatining tarkibiga kirgan deb hisoblanadi. Zamonaviy tarixchi T. Sultanovning fikriga ko‘ra, bu 92 “urug‘” o‘sha davrda Markaziy Osiyoni aholilashtirgan ko‘pchilik turkiy va turkiy bo‘lmagan etnoslarning nomlarini o‘z ichiga oladi.


Shuningdek, 92 kishi Madinaga borganligi va payg‘ambar Muhammadning kofirlarga qarshi urushida ishtirok etganligi haqida afsona mavjud. Ular Muqaddas Shoh-i Mardon yordamida Islomni qabul qilganlar. Afsonaga ko‘ra, aynan shu 92 kishidan matnda “ilatiya” deb ham ataluvchi “o‘zbek” qabilalari paydo bo‘lgan.


Tarixchi olim, vengriyalik sharqshunos Herman Vamberi «Movarounnahr yoxud Buxoro tarixi» asarida o‘zbek nomi va xalqining O‘zbekxonga bog‘liqligini shunday tasvirlaydi:


«Turk xalqining qadimdan qolgan bir odati bor: agar hukmdorlardan birortasi mamlakatni yaxshi idora qilsa yoxud mamlakatga yangi bir usul va tartib kiritib, o‘ziga xos xizmat ko‘rsatsa, uning nomini mangu qoldirishga intiladilar. Shu tariqa, u bir tarafdan o‘zining hukmdorini qavm boshlig‘i o‘rniga qo‘yadida, bu bilan barobar hukumatning rivoj yo‘liga va umumjahon tarixiga kirishini go‘zal bir suratda ifoda qiladi. Masalan, biz bu holni Saljuqiylar va Usmonlilar misolida ko‘rishimiz mumkin.
Xuddi shu an’ana Ko‘k O‘rdaning sharqida, Volga daryosi bilan Orol dengizi orasida yashovchi turk-mo‘g‘ul qabilalarida ham mavjud; ular Jo‘ji sulolasidan to‘qqizinchi hukmdor bo‘lgan O‘zbekxon ismiga nisbat berib, o‘zlariga bir siyosiy qo‘shma nom — o‘zbek nomini qabul qilganlar (O‘zbekning harfan ma’nosi «shaxsan» o‘ziga mustaqil xo‘jayin, erkin demakdir).
Shoyon diqqatga sazovorki, bu so‘z muhim ma’noli unvon ismi bo‘lib, eski majorlarda (vengerlarda) ham uchraydi. Shu mazmunda 1150 yillarga oid hujjatlarda ham bu ibora mavjud. Abulg‘oziy Bahodirxon «Shajarayi turk» asarida bu haqda shundoq naql qiladi: «U (O‘zbekxon) har kimni xizmatiga qarab hurmat va taqdir etar edi. U o‘z xalqini islom diniga kirgizdi va u orqali ko‘p odamlar islom diniga musharraf bo‘ldi. Shu bois Jo‘ji xalqi o‘ziga o‘zbek ismini qabul etdi va bu nom oxirgi zamongacha qolajakdir».


Tarixiy rivojlanish


O‘zbek xalqining kelib chiqishi Markaziy Osiyo tarixi va turli turkiy qabilalarning bu hududga ko‘chib kelishi bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbeklar Kaspiy dengizidan Altay tog‘larigacha bo‘lgan keng hududlarda yashagan turkiyzabon qabilalarning qo‘shilishi natijasida shakllangan. Asrlar davomida bu qabilalar boshqa xalqlar, jumladan so‘g‘diylar, baqtriyaliklar, eroniy guruhlar bilan aloqalar o‘rnatib, o‘zbeklarning noyob etnik tarkibi va madaniy shaxsiyatini shakllantirishga hissa qo‘shgan.

Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati davrida hozirgi oʻzbeklarning etnik shakllanishi boshlangan va mazkur davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik oʻzlikni anglash, etnosning uyushqoqligi maʼlum bir davlat doirasida boʻlishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllangan.


Umuman olganda, XI - XII-asrning birinchi yarmida oʻzbeklar xalq sifatida shakllangan.

O‘zbek-xon davridan va keyingi asrlarda o‘zbeklar Markaziy Osiyoning siyosiy tarixida muhim rol o‘ynagan. Muhim tarixiy shaxslar, jumladan Amir Temur, madaniyat va fanning gullab-yashnashiga hissa qo‘shgan bo‘lib, bu butun Yevroosiyoga taʼsir ko‘rsatgan. O‘zbek madaniyati Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab joylashgan geografik joylashuvi tufayli ko‘plab sivilizatsiyalarning taʼsirlarini o‘zida mujassam etgan, bu meʼmorchilik, sanʼat, musiqa va adabiyotda namoyon bo‘lgan.


Shunday qilib, o‘zbek xalqining kelib chiqishi va tarixi ko‘plab migratsiyalar, madaniy taʼsirlar va siyosiy o‘zgarishlar tarixidir. “O‘zbek” so‘zining etimologiyasi ushbu millatning yetakchilik va o‘zligini anglash tarixi bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbeklar Markaziy Osiyoning siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotida muhim rol o‘ynab kelmoqda, o‘zlarining noyob madaniy shaxsiyatlarini saqlab qolish bilan birga, uni avloddan-avlodga o‘tkazib kelmoqdalar.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish