Milodiy 636-yil. Islom tarixidagi ulug‘ voqea. Amr ibn Os roziyallohu anhu boshchiligidagi musulmon lashkari Vizantiya hukmronligidagi Quddusga yetib keladi.
Quddus qattiq qal’aga aylangan, Vizantiya qo‘mondonlari ichkariga berkinib olgan edi. Qamallar 4 oy davom etdi…
Ammo qon to‘kilmasdan turib, patriarx Safronius musulmonlar bilan sulhga tayyor ekanini bildiradi — faqat xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning o‘zi bilan.
Umar roziyallohu anhu bu xabarni eshitiboq yo‘lga tushadi. Uning maqsadi urush emas edi. U sulh tuzdi, tinchlik berdi, shaharga qon to‘kmasdan kirildi.
Bu tarixdan saboq shuki: haqiqiy fath – yuraklarni zabt etishdir. Qonli bosqin emas, adolatli murosa.
Ammo 1099-yili bu aziz shaharga Salibchilarning qadam bosganini ko‘ramiz.
Ular Quddusni qonga bo‘kkan holatda egalladi. Keksalar, ayollar, hatto bolalar ham o‘ldirildi. Tarixchilar yozadi:
“Qon masjid atrofiga toshib, hatto otlar tizzasigacha yetgan edi…”
Tarix ikki yondashuvni ochiq-oydin ko‘rsatadi:
— Biri adolat bilan keldi,
— Boshqasi esa yovuzlik bilan.