Limonning asl vatani Shimoliy-G‘arbiy Hindiston hisoblanadi, keyinchalik milodiy II—III asrda Italiyaga, VII asrda esa Misr va Eronga yetib borgan. Arablar VIII—IX asrlarda uni keng tarqatib, Ispaniyaga olib kelgan.
Sovet davrida, ayniqsa 1930-yillarning oxirlarida, O‘zbekistonning sovuq fasl iqlimiga mos limon navlarini o‘stirishga urinishlar bo'lgan. 1940-yillarda Gruziya, Xitoy, Italiya va Qozog‘istondan «Meier», «Novogruzinskiy», «Lissabon» kabi navlar olib kelindi. Sovet agronomlari ishni boshlagan bo‘lsa-da, dastlab iqlim sharoiti tufayli sitrus mevasi hosil bermadi. Lekin Farg‘onadan bo‘lgan agronom Zayniddin Faxritdinov bu ishni davom ettirib, 1957-yilda Gruziyadan Meier limoni ko‘chatlarini olib kelib, Novogruzinskiy nav bilan ekkanganda iqlimga chidamli yangi navni yaratdi.
1960-yilda aynan u yaratgan navlar ilk bor muvaffaqiyatli hosil berdi, 1967-yilda esa “Toshkent” navini yaratdi va keyin “Yubiley” nomli ikkinchi nav paydo bo‘ldi. U boshlagan ishlar asosida Qibrayda 50 gektarlik limon bog‘i tashkil qilinib, har yili 2000−2500 tonna limon yetishtirildi.
“Toshkent limoni" uchun iqlim jihatdan ham sovuqqa, ham issiqqa chidamli. Mevalari kichikroq bo‘lsa‑da, shirinligi va hidi bilan ajralib turadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 2300 gektardan ziyod limon bog‘lari mavjud bo‘lib, yillik hosil 63 ming tonnadan oshdi. O‘zbek limoni – ayniqsa Yaponiyada va MDH davlatlarida o‘z o‘rnini topib bormoqda. Meier navining sovuqqa nisbatan chidamliligi va Nozik, shirin ta’mi Yapon bozorida ham qiziqish uyg‘otmoqda .