Jim Gernxert ismli 75 yosh amerikalik keksa o‘z o‘limiga butunlay boshqacha yondashishga qaror qildi. 1951-yilda , u o‘ziga tobut yasattirib, uni shaxsan sinab ko‘rdi va shu yili o‘z dafn marosimini mashq tarzida o‘tkazdi.
Sababi oddiy: Jimning fikricha, inson hayotga tayyor bo‘lgani kabi, o‘limga ham tayyor bo‘lishi kerak.
Shu tariqa u har yili o‘zining “repetitsion” dafn marosimlarini o‘tkaza boshladi. Bu tadbirlarda do‘stlari ishtirok etar, gullar qo‘yilar, hatto nutqlar aytilardi. Jim bu marosimlarga katta mas’uliyat bilan yondashar, ularni shunchaki hazil yoki shov-shuv emas, balki o‘ziga xos hayot falsafasi sifatida qabul qilgan edi.
Ushbu an’ana 30 yil davom etdi. Jim 103 yoshida hayotdan ko‘z yumdi — o‘zi yozgan ssenariy, rejalashtirilgan marosim va hayotga to‘la hazil-mutoyiba bilan.
Uning hayoti — o‘limdan qo‘rqmaslik, balki uni hayotning bir qismi sifatida qabul qilishga chaqiriq bo‘lib qoldi.