BUTUNJAHON RADIO KUNI

Radioning yaratilish tarixi

1895 yil 7 may kuni rus fizigi Aleksandr Stepanovich Popov ilk bor havodan radiosignalni muvaffaqiyatli qabul qilishga muvaffaq bo‘ldi. U Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan fizika jamiyatining yig‘ilishida ilk radiosignal qabul qiluvchi apparatini namoyish etdi. Bu texnologiya zamonaviy radio, televideniye, Wi-Fi va hatto mobil aloqa uchun asos bo‘ldi.

Kim birinchi bo‘lgan – Popovmi yoki Markoni?

Ko‘p yillardan beri radio ixtirosiga oid bahslar davom etib kelmoqda.

- A.S. Popov Rossiyada,

- Gulyelmo Markoni esa Italiyada ushbu texnologiyani mustaqil ixtiro qilgan deb hisoblanadi. Markoni 1896 yilda o‘z qurilmasini patentladi va tijoriy yo‘lga qo‘ydi. Popov esa o‘z ixtirosini ilmiy maqsadda yaratgan edi.


Shunga
qaramay, 7 may sanasi Popov xotirasiga hurmat sifatida Butunjahon radio kuni sifatida nishonlanadi (xalqaro miqyosda esa bu kun 13 fevralda nishonlanadi).



Radioning 
dunyo bo‘yicha ommalashuvi

1901 yilda Markoni Atlantika okeani orqali birinchi marta simsiz signalni uzatdi. Bu voqea radioni global aloqa vositasi sifatida tasdiqlab berdi.
1910-yillarda radioeshittirishlar rasmiy boshlangan bo‘lsa, 1920-yillarga kelib AQSh, Yevropa va Osiyo bo‘ylab minglab radiostansiyalar paydo bo‘ldi.


O‘zbekistonda 
radio qanday rivojlangan?

1930-yil 27 iyunToshkentda ilk radioeshittirish uzatildi.

1933-yilda viloyat markazlarida ham radiouzatkichlar ishga tushirildi.

1950-yillarga kelib, deyarli har bir mahallada radiotugunlar mavjud edi.


Bugungi
kunda O‘zbekistonda yuzlab davlat va nodavlat radiokanallar faoliyat yuritmoqda. Ular orasida "O‘zbekiston", "Yoshlar", "Oriat FM", "Avtoradio", "Zamin FM" kabi mashhur stansiyalar bor.

📚 Qiziqarli faktlar

- "Radio" so‘zi lotincha “radius” – nur, nurlanish degan ma’noni bildiradi.

- Dastlabki radiopriyomniklarda quloqchinlar ishlatilgan, dinamik keyinroq paydo bo‘lgan.

- Ilk ommaviy radioshouni 1920 yilda Pittsburg (AQSh)dagi KDKA stansiyasi amalga oshirgan.

- Ikkinchi jahon urushi vaqtida radio harbiylar uchun asosiy axborot vositasi bo‘lgan.

- Bugungi kunda radiolarni sun’iy yo‘ldosh, internet va mobil ilovalar orqali eshitish mumkin.


Radio bugungi kunda ham axborot tarqatishning ommabop vositasihisoblanadi. Barchamiz bilamizki, avtomobillarda eng ko‘p tinglanadigan manba radio bo'ladi, shuniongdek, u ko‘rish imkoniyati cheklanganlar uchun muhim axborot va madaniyat manbai bo'lib qoladi.

Hozirda internet radio va podkastlar yangi bosqichga ko‘tarilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish