“BBC Travel” global media portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 ta yo‘nalish ro‘yxatiga kirdi.
Ro‘yxatga AQSh, Kanada, Yaponiya, Italiya, Avstraliya, Marokash, Angliya va boshqa davlatlar kiritilgan. Xususan, O‘zbekiston 16-o‘rindan joy olgan.
“Mamlakat sayyohlarni jalb qilish maqsadida yangi poyezd yo‘nalishlari, ichki reyslar va madaniy obyektlarga investitsiya kiritmoqda”, — deyiladi hisobotda.