Ma’lumki, poytaxtimizda Shota Rustaveli ko‘chasini keng ko‘lamli rekonstruksiya qilish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Yangilangan mahalla bizga nima taqdim etishini esa sentyabr oyida bilamiz.
Keling, To‘qimachilik kombinati shaharchasida barchasi qanday boshlanganini eslaymiz.
🎞 1-rasm — Ikkinchi navbatda quriladigan kvartallarning detallashtirilgan qurilish loyihasi. Chizmada eksplikatsiya bilan aksonometriya ko‘rinishi tasvirlangan.
🎞 2-rasm — Toshkent To‘qimachilik kombinatining ikkinchi navbatdagi turar-joy hududini qurish loyihasi, 1938 yil.
Ushbu loyihada 20 000 kishi uchun turar-joy kvartalini qurish rejalashtirilgan edi. Ishlar 1939 yilda boshlanib, shu yili hajmi har biri 25 000 m³ bo‘lgan 4 ta uy qurilishiga kirishilgan. 1940 yilda yana 10 ta turar-joy uyini qurish rejalashtirilgan edi.
Loyiha «To‘qimachilikproyekt» tomonidan ishlab chiqilgan.
Bosh arxitektor — professor A.V. Samoylov.
Loyiha rahbari va muallifi — A.I. Besprozvanniy.