"The New York Times" gazetasi: Buxoro 2025-yilda tashrif buyurishga arziydigan manzildir

Buxoro AQSHning nufuzli "The New York Times" gazetasi saytida e'lon qilingan "2025-yilda borishga arziydigan 52 ta joy" qo'llanmasidan joy oldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Qo'llanmada 2025-yil 5-20-noyabr kunlari Buxoro shahrining tarixiy hududida xalqaro va o'zbek ijodkorlari ishtirokida o'tkaziladigan hamda zamonaviy san'atga bag'ishlangan birinchi Buxoro biyennalesining o'tkazilishi e'lon qilinadi.

Qayd etilishicha, Buxoro YUNESKOning Butunjahon merosi obyekti bo'lib, o'z hunarmandlari, shoirlari va musulmon so'fiylari bilan mashhurdir. Sentyabr oyida bo'lib o'tadigan tadbirda bir qator taniqli jahon ijodkorlari, jumladan, britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli, Misr va amerikalik oshpaz Layla Gohar hamda hindistonlik mashhur ijodkor Himali Singx Soin asarlari namoyish etiladi.

Ta'kidlanishicha, biyennale o'tkaziladigan hududda qayta ta'mirlangan va karvonsaroy stiliga moslashtirilgan mehmonxonalar, diniy maktablar hamda boshqa ko'p asrlik islom me'morchiligi durdonalari mavjud.

Reyting mualliflari o'tgan yili debyut qilgan ikkita milliy aviakompaniya - "Silk Avia" va "Air Samarkand" yordami bilan O'zbekiston bo'ylab sayohat qilish har qachongidan ham oson ekanini alohida e'tirof etishgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish