1 maydan 3 maygacha Toshkent shahrida anʼanaviy Gullar festivali bo‘lib o‘tadi. Festivalning asosiy maqsadi — jamiyat eʼtiborini ekologik tarbiya, tabiatni muhofaza qilish va "yashil iqtisodiyot" tamoyillarini rivojlantirish masalalariga qaratishdir.
Festival Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldi maydonida tashkil etiladi. Bu o‘ziga xos ekologik tadbir nafaqat tabiat go‘zalligini nishonlaydi, balki jamiyatda ekologik ong va madaniyatni oshirishga xizmat qiladi.
Tadbir doirasida:
Ekologik dizayn, barqaror taraqqiyot va "yashil iqtisodiyot" sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar va tashkilotlar o‘z loyihalari va tashabbuslarini keng ommaga namoyish etadilar.
Ishtirokchilar uchun hamfikrlar va yangi hamkorlar topish, o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun qo‘llab-quvvatlov olish imkoniyati yaratiladi.
Diqqat!
Festival munosabati bilan 29 apreldan 3 maygacha quyidagi yo‘llarda transport vositalari harakati cheklanadi:
- Zarafshon ko‘chasining "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasi hududidan Matbuotchilar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Amir Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.
Shu sababli ushbu kunlarda harakat uchun muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydoni.