Xalqaro manfaatlarga mos dolzarb taklif va tashabbuslar ilgari surildi

07.04.2025 18:32
123

Davlatimiz rahbarining Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasidagi nutqi Yangi O‘zbekistonning xalqaro siyosatdagi faol pozitsiyasini yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Tarixiy nutqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamjihatlikka asoslangan munosabatlar nihoyatda muhim ekani ta’kidlandi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonning tashqi siyosatida tinchlikparvar va konstruktiv yondashuv ustuvor ekanligini namoyon etadi.

Nutqda barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi, inson huquqlari, gender tengligi va hozirgi kunda barcha jabhalarga keng kirib kelayotgan sun’iy intellekt sohasida tizimli hamkorlikni kuchaytirish davr talabi ekani qayd etildi. Ushbu sohani samarali tartibga solish maqsadida barcha davlatlar uchun o‘ziga xos namunaga aylanishi mumkin bo‘lgan sun’iy intellekdan foydalanish etikasi bo‘yicha model qonun ishlab chiqish taklifi qariyb 190 ta davlatdan ishtirok etayotgan parlament vakillari tomonidan iliq kutib olindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish