Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda "MIlliy kontent" NNT hamkorligida Toshkent shahridagi Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti talabalari bilan “Konstitutsiya — yoshlar nigohida” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbir davomida Yoshlar parlamenti a’zolari yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosati, media savodxonlikni oshirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar bo‘yicha fikr almashildi.
Muloqot jarayonida talabalar tomonidan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida debatlar, ko‘rik-tanlovlar va viktorinalar tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.