Oila va gender yo‘nalishida ilmiy-amaliy hamkorlik mustahkamlanmoqda

31.03.2026 16:31
1206

Mamlakatimizda oila qadriyatlarini asrash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va gender tenglikni ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan yana bir muhim qadam tashlandi. Shu maqsadda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuv oila va xotin-qizlar masalalariga doir islohotlarni chuqur tahlil qilish, ularni ilmiy asosda qo‘llab-quvvatlash va bu yo‘nalishdagi amaliy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgani bilan аҳамиятли. Endilikda tomonlar oila va gender siyosatiga oid tashabbuslarni yanada puxta ishlab chiqish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini kuchaytirish bo‘yicha yaqin ҳамкорлик olib boradi.

Shuningdek, hamkorlik doirasida oilalar barqarorligini ta’minlash, xotin-qizlar bandligini kengaytirish, gender tenglik bilan bog‘liq dolzarb masalalarni o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bu jarayonda tahliliy materiallar, amaliy tavsiyalar va ekspertlik xulosalari tayyorlanib, sohada samarali mexanizmlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi.

Muhimi, ushbu hamkorlik nafaqat mavjud muammolarni aniqlash, balki ularning yechimiga xizmat qiladigan zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va milliy amaliyotga mos tatbiq etish учун ҳам муҳим асос bo‘lib хизмат qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish