O‘zbekiston o‘zining ilmiy-texnik sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqarishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2028-yilga qadar o‘zining ilmiy-texnik sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqarishni rejalashtirmoqda. O‘zbekkosmos agentligi direktor o‘rinbosari Muhiddin Ibrohimovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda SpaceX kompaniyasi bilan uchirishni tashkil etish bo‘yicha faol muzokaralar olib borilmoqda.

Loyiha doirasida 7 nafar o‘zbek talaba 2024-yilda Yaponiyadagi Kyushu Texnologiya Institutining magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilindi.

Ularning vazifalari quyidagilardan iborat:
- sun’iy yo‘ldosh konsepsiyasini ishlab chiqish
- qurilmani yig‘ish
- uni 2028-yilga qadar uchirishga tayyorlash


Shuningdek, O‘zbekiston 2035-yilgacha mo‘ljallangan milliy kosmik dasturni ishlab chiqmoqda. 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish