Matbuot – haqiqat ovozi va jamiyat ko‘zgusi

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Har yili 27 iyun kuni yurtimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu sana nafaqat bir kasb egalarining bayrami, balki jamiyatda so‘z erkinligi, xolislik va axborot shaffofligiga bo‘lgan ehtirom ramzidir.

Matbuot – jamiyatning ko‘zgusi, axborot vositalari esa xalq va davlat o‘rtasidagi mustahkam ko‘prikdir. Haqoniy so‘z, ta’sirli fikr va xolis yondashuv orqali jurnalistlar keng jamoatchilikka muhim ma’lumotlarni yetkazib, fuqarolarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda, ochiq jamiyat asoslarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Bugungi kunda jurnalistlar, muharrirlar, operatorlar, nashr etish va axborot tarqatish bilan shug‘ullanuvchi barcha soha vakillari – axborot maydonida tinmas mehnat qilib, jamiyat hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarni xolis yoritib bormoqda. Ular – xalqning so‘zchisi, jamiyatning kuzatuvchisi va islohotlar jarayonidagi faol ishtirokchilardir.

Ushbu qutlug‘ bayram munosabati bilan yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha OAV xodimlarini samimiy muborakbod etamiz! Sizning qalam – haqiqat quroli, so‘zingiz – ijtimoiy mas’uliyat timsolidir.

Sizlar orqali jamoatchilik muhim ma’lumotlarga ega bo‘ladi, dolzarb masalalar keng muhokamaga olib chiqiladi, jamiyat ongi va dunyoqarashi yuksaladi.

Milliy kontent jamoasi har doim sizning bag‘rikeng, barkamol va mas’uliyatli mehnatingizga yuksak baho beradi. Sizga qalam shafqatidan ozmasin, haqiqatga sadoqat va tinimsiz ijodiy barkamollik tilaymiz.

Sizning so‘zingiz — bizning ishonchimiz!

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish