Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya Parlamenti Maslahatchilar palatasi prezidenti bilan uchrashdi

19.12.2025 11:42
2076

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrif doirasida mamlakat Parlamentining Maslahatchilar palatasi prezidenti Masakazu Sekiguchi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi strategik sheriklik hamda koʻp qirrali hamkorlikda parlamentlarning roli muhimligi ta’kidlandi. Maslahatchilar palatasi vakillari joriy yil aprel oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Parlamentlararo ittifoqning 150 yilligiga bagʻishlangan sessiyada faol ishtirok etganlari qayd etildi.

Yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston – Yaponiya yoshlar parlamentlari aʼzolari forumini oʻtkazish va 2026-yilda Samarqandda boʻlib oʻtadigan Yoshlar parlamentlari aʼzolari global konferensiyasida Yaponiya delegatsiyasining ishtiroki taʼkidlandi.

Shuningdek, parlamentlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni, xususan savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, texnologik va madaniy sohalardagi hamkorlikni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashishi muhimligi qayd etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish