Saida Mirziyoyeva AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor va Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi bilan konstruktiv uchrashuv o‘tkazdi.
Mamlakatlar o‘rtasida savdo sohasida ochilayotgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratilgan. Jamoat xavfsizligi borasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashilgan.
“AQSH ma’muriyatining yuqori martabali vakillari O‘zbekistonda keyingi 8 yil davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarning shiddati va jadal sur’atini qayd etdilar”, deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.