Tamaraxonim — Sharqning “ilk qaldirg'ochi” bo‘lgan san’atkor hayoti

Tamaraxonim — (asl ismi va familiyasi Tamara Artyomovna Petrosyan) 1906-yil 29‑martda Margʻilon shahri yaqinidagi Skobelevo qishlogʻida tugʻilgan. 1919-yildan Hamza Hakimzoda Niyoziy rahbarligidagi "agitbriga"dada sahnaga qadam qoʻydi .

Oʻzbek xalq hamda jahon xalqlarining qoʻshiqlari va raqslarini yigʻib ‘qoʻshiq‑raqs miniaturalari’ janrini yaratdi.

TOP-10 Fakt

1️⃣Asli armanistonlik.  

2️⃣Tamara ko‘zboylag‘ichlar, dorbozlar va raqqoslar oʻyiniga qiziqa boshlagan va uyda ularning harakatlarni takrorlagan. 

3️⃣Paranjasiz sahnada chiqgan ilk ayollardan biri.

4️⃣1925-yilda Parijdagi Dunyoviy dekorativ san’atlar ko‘rgazmasida omma oldida chiqib, Isadora Dunkan bilan tanishgan.

5️⃣1935-yilda Londonda oʻtkazilgan Xalqaro xalq raqslari festivalida Oʻzbek sanʼatini dunyoga namoyish qilib, Britaniya qirolichasi tomonidan taqdirlandi.

6️⃣Sovet davrida frontda 1000 dan ziyod konsert bergan

7️⃣1956-yilda SSR uchun “Xalq artisti” unvoni, Stalin mukofoti, Lenin ordeni, “Mehnat qizil bayrog‘i” kabi bir qancha mukofotlar bilan taqdirlangan.

8️⃣ Ayol san’atkorlar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘ldi.

9️⃣Toshkentda birinchi klassik balet maktabini tashkil etdi. Hozirgi kunda bu maktab – balet va milliy raqs sanʼati markazi hisoblanadi .

1️⃣0️⃣1986-yilda o‘z uyida milliy va jahon liboslari bilan ilk ekspozitsiya tashkil etib, 1994-yilda bu joy Tamaraxonim xotira muzeyi deb e’lon qilindi.

Uning izlagan yo‘li, sahna energiyasi, harakatdagi xotirjamlik, liboslari orqali tarih va millatni aks ettirib, bugungi san’at o‘quvchilari uchun ilhom manbai bo‘lib qolmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish