Saida Mirziyoyeva hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlarining yaxshi qo‘shnichilik borasidagi umumiy sa’y-harakatlari tufayli mintaqada ishonch va hamkorlik muhiti qaror topgani haqida yakdil fikr bildirildi.
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbariga ko‘ra, YETTB bilan sheriklik bundan buyon ham O‘zbekiston va butun mintaqaning ravnaqiga xizmat qiladi.